Pedagog xodim maqomi davlat ahamiyatidagi masaladir

Vaqt:2024-06-10
...

2024-yilning 8- iyun kuni Peshku tuman 1-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi “Pedagogning maqomi to‘g‘risida” O‘RQ-901-son Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tanishtirish maqsadida maktab o’qituvchilari hamdaa ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi. Davra suhbatini kasb-hunar maktabi direktori V. Qahhorov boshlab berdi. U oʻz maʼruzasida quyidagilarni taʼkidladi: So‘nggi yillarda ta’lim sohasiga qaratilayotgan davlat darajasidagi e’tibor, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning tub zamirida har tomonlama ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash masalasi yotadi. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 1-fevral kuni qabul qilingan «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mamlakatimizda ziyoli qatlam hamda keng jamoatchilik tomonidan ko‘pdan buyon ulkan umidlar bilan kutilayotgan tarixiy hujjat bo‘ldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Jami 21 moddadan iborat bo‘lgan Qonunda O‘zbekiston Respublikasida pedagogning maqomi tan olinishi, ularning o‘z kasbiy faoliyatini yuritishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilishi, ijtimoiy himoyasi ta’minlanishi va huquqlari amalga oshirilishi uchun kafolatlar berilishi belgilandi. Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi mustahkamlab qo‘yildi. Ushbu Qonunga ko`ra O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligiga asosan ish beruvchi pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan imzolangan «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni har tomonlama raqobatbardosh kadrlar kasbiy hayotga tayyorlash – ta’lim-tarbiya muassasalarining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchi, ustoz va murabbiylar faoliyati uchun huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi.