Peshku tuman 1-son kasb-hunar maktabida talabalar o'rtasida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusi asosida o‘tkazilgan insholar tanlovi.

Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ong-u shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida жорий йилнинг 29-ноябр куни O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32-yilligi munosabati bilan Peshku tuman 1-son kasb-hunar maktabida o‘quvchi ёшlar o‘rtasida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Insholar tanlovi kasb-hunar maktabining 1-va 2-kurs o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tdi. O‘quvchi-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, Respublika Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini puxta o‘rgatish, uning insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini yozma ishlarda, tasviriy asarlarda, ko‘rgazmali vositalarda ifodalash, ta’lim muassasalarini ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy - axloqiy mazmundagi ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlanishini yo‘lga qo‘yish, pirovard natijada o‘quvchilar va aholining huquqiy savodxonligini hamda ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qonunlarini bilish, hurmat qilish ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilди. Касб-ҳунар мактабининг ўқитувчилари томонидан o‘quvchilarning ijodiy ishlari Bosh Qomusimizning mamlakatimiz va xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, har bir fuqaro taqdiridagi ahamiyati haqidagi tushuncha va qarashlarini erkin va teran ifoda etganligiga ko‘ra xolis baholandi. “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusi bo’yicha insholar yo‘nalishida 1-o‘rin – kasb-hunar maktabining 1-bosqich 11-24- guruh o’quvchisi Jumayeva Gulniso, 2-o‘rin –1-bosqich 11-24- guruh o’quvchisi Oripova Feruza, 3-o‘rin 1-bosqich – 9-24 guruh o’quvchisi Mirfayzova Zilola qo’lga kiritgan o’quvchilar kasb-hunar maktabi ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.