Peshku tuman 1-son politexnikumida OʻRQ-957-son Qonunining maznun mohiyatini tushuntirish maqsadida davra suhbati o'tkazildi.
Vaqt:2025-02-19

Peshku tumani 1-son politexnikumida Oʻzbekiston Respublikasi OʻRQ-957-son Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda pedagog-xodimlar ishtirok etdilar. Davra suhbatida qonunning asosiy jihatlari, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida politexnikum rahbari V.Qahhorov tomonidan batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar qonunning mazmuni bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, uning ijrosini ta’minlash borasida muhim taklif va tavsiyalar berdilar. Mazkur tadbir fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunchilik hujjatlarini keng targ‘ib qilish hamda yoshlarni huquqiy bilimlar bilan qurollantirishga xizmat qiladi.